Tillar” kafedrasi 1991-yilda Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida tashkil etilgan. Dastlab kafedra “Chet tillari” kafedrasi va “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi sifatida faoliyat yuritgan.
1991-1992 yillarda “Xorijiy tillar” kafedrasini dotsent V.D.Musayeva, 1992-1994 yillarda filologiya fanlari nomzodi S.N.Abdullayeva, 1994-2005 yillarda katta o‘qituvchi I.G.Zohidovlar boshqargan. “O‘zbek var rus tillari” kafedrasiga dotsent X.Yo‘ldosheva mudirlik qilgan.
1996- yilda kafedralar “Tillar” kafedrasiga birlashtirilib, unga dotsent I.G.Zohidov rahbarlik qilgan. 1997- yilda kafedra yana ikkita “O‘zbek va rus tillari” va “Chet tillar” kafedralariga bo‘lingan. “O‘zbek va rus tillari” kafedrasiga professor X.Uzoqov, “Chet tillari” kafedrasiga dotsent I.G. Zohidov rahbarlik qilganlar.
2001- yilda kafedraga t.f.n. F.Umarova, 2002- yildan t.f.n. G.S.Keldiyorova rahbarlik qildilar. 2005 - yilda ikkita kafedra “Tillar” kafedrasiga birlashtirilib kafedraga dotsent G.S.Keldiyorova mudirlik qildi.
“Хоrijiy tillar” kafedrasi 2018 yil 2 martdagi institut rektorining 153 sonli buyrug‘i bilan “Chet tillar” sikli asosida shakllantirildi va unga kafedra maqomi berildi. Kafedra katta o‘qituvchisi Sh.R.Adilova kafedra mudiri etib tayinlandi va 2017-2020 yillar davomida o‘z faoliyatini olib bordi. 2021-2022 o‘quv yili davomida kafedraga katta o‘qituvchi N.B.Abdullayev rahbarlik qildi. Xozirgi kunda “Хоrijiy tillar” kafedrasiga Davlatov Keldiyor Davlatovich mudirlik qilmoqda.
Kafedrada olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar talabalarning kommunikativ hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Zero, hozirgi globallashuv davrida xorijiy tillarda samarali muloqot yuritish har bir yetuk mutaxassis uchun zarur va muhim. Shunga muvofiq, professor-o‘qituvchilar ingliz va nemis tillarida muntazam sohaviy materiallar tayyorlash, darslarni qiziqarli va samarali o‘tkazishga harakat qiladilar. Kafedra yuklamasiga kiritilgan ingliz va nemis tili fanlari institutning Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida o‘qitiladi. Ta’lim jarayonida talabalarning mutaxassislik yo‘nalishlari va til bilish darajasiga ham e’tibor beriladi. Talabalar CEFR talablari asosida til bilish darajalariga ko‘ra turli nimguruxlarga ajratiladi va shunga mos darsliklar tanlanadi.
Akademik litsey kasbga yo'naltirish bayonnomasi
Akademik litsey kasbga yo'naltirish bayonnomasi-2
Bayonnoma Litsey Davlat imtixoni
Bayonnoma Litsey imtihon nazorati
Bayonnoma-Yangi O'zbekiston bog'i
Everest o'quv markazi bilan hamkorlikdagi tadbir
Magistratura va doktarantura talabalari uchun tayyorlangan kurs rejasi taqdimoti bayonnomasi
Litsey profarentatsiya bayonnoma1
Tabiat qo’ynida o’tkaziligan interaktive dars bayonnomasi
Xorijiy tillar kafedrasi nizomi