Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi



Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshida 2009-yil 30-iyunda tashkil etilgan bo‘lib, unda 60411100– “Mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlay boshladi. Ushbu kafedra mudiri etib, k.f.d. prof. Xamroqulov G‘. tayinlandi. 2011 yildan boshlab esa 60411100 – “Mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo‘nalishi yanada takomillashib 60711300-“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr talabalarni tayyorlashni boshladi.

2013-yil 4-yanvarda prof. Xamroqulov G‘. “Menejment va kasb-ta’limi” fakulteti dekani etib tayinlanishi munosabati bilan “Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasiga k.f.n., Axunjanov K.A. mudir lavozimida faoliyat ko’satgan. 2017 yil 4-sentabrdan yu.f.n.,dots. Alimbayev S.A. kafedra mudiri etib saylandi va hozirgi vaqtgacha o’z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.

Hozirgi kunda kafedra yuqori malakali professor o‘qituvchilar bilan shakllantirilgan, jumladan: t.f.d., prof. Ismatullaev P.R., k.f.d., prof. Hamroqulov G‘., k.f.d., prof. Raximov D.A., t.f.d. prof. Xakimov O.Sh., t.f.d. prof.Sarimsoqov A.A., t.f.d., prof. Karimov A.U. t.f.n., dos. Akbarxo‘jaev Z.A., b.f.n. dos. Xasanova D.Yu., Hamraqulov M.G’ (PhD) va katta o‘qituvchilar t.f.n. Mamatqulov M., Inoyatova H., Muhiddinova M., Ismoilov B., Samatov A, Rajaov A., assistentlar Qodirova N., Annamurodov S.,. Qambarbekova R.M. Abdulakimov I lar faoliyat olib bormoqdalar.

“Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi mutaxassislik kafedrasi bo‘lib 60711300-“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” (kimyo va oziq-ovqat) tayanch ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr talabalarni, 70711301-“Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi” (kimyo va oziq-ovqat) tayanch mutaxassisligi va 70711302-“Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” (tarmoqlari bo‘yicha) turdosh mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlar tahsil olmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’satuvchi va o’quv-yordamchi hodimlarining namunaviy shatatlarini tasdiqlash to’g’risida” gi qaroriga muvofiq Institut kengashi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Institut rekrotorining 27.07.2020 yil 396-sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi “Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi” ga o’zgartirildi.

Bizning maqsadimiz: metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ob’ektlarini – kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari, sinov laboratoriyalari va maxsulotlarini sertifikalashtirish soxasida zarur bilimlarga ega bo‘lgan, o‘z bilim va ko‘nikmalarini muhandislik faoliyatida, shuningdek korxonalarda sifat bo‘yicha muammolarini hal etishda qo‘llay oladigan professional tajribaga ega kadrlar tayyorlash

Sifat Menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi

SMMX kafedrasi nizomi

document